JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

ABSTRAKTIV ANNOTATSIYALASH YORDAMIDA MATNLARNI ANNOTATSIYALOVCHI MASTAT TIZIMINI YARATISH

Shaxlo Sadullayeva1, Mukhlisa Olimova1, Mukhlisa Olimova2

1 Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

2 Namangan davlat Universiteti.

Abstract

Jahonda so‘ngi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun chet tillaridagi elektron matnlarni semantik-morfologik tahlil qiluvchi modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar yaratilmoqda. Afsuski, o‘zbek tilidagi elektron matnni avtomat semantik tahlil qilib, uning tarkibidan kalit so‘zlarni ajratib, mazmunidan kelib chiqib avtomatik tarzda annotatsiya yoki xulosa yozib beradigan dasturiy taʼminot hali ishlab chiqilmagan. Shu bois, mazkur anotatsiyalash uchun tanlangan - MASTAT tizimini yaratish o‘ta dolzarbdir. Ma’lumki kompyuter lingvistikasida foydalanadigan tabiiy tilni tushunish (NLU), semantik tahlilga yoki matnning mo'ljallangan ma'nosini aniqlashga qaratilgan va tabiiy tilni yaratish (NLG), bu esa matnni mashinada yaratishga qaratilgandir. NLP so'zlashuv tilini so'zlarga ajratish, tovushni matnga aylantirish va aksincha, nutqni aniqlashdan alohida, lekin ko'pincha nutqni aniqlash bilan birgalikda ishlatiladi.Tarkibiy qismlarni tahlil qilish asosan sintaktik tahlilga qaratilgan bo'lib, bog'liqlikni tahlil qilish jarayonida ham sintaktik, ham semantik tahlilni amalga oshirishi mumkin. Ushbu maqolada tarkibiy qismlarni tahlil qilish va bog'liqlikni tahlil qilishning modellari hamda boy semantikaga ega bo'lgan bog'liqlik tahlili ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, biz maqolada katta va kichik hajmdagi matnlarni tahlil modellari, tokenlarga ajratish usullari, o‘zbek tili uchun korpusini ishlab chiqishlarni ko'rib chiqamiz. Hozirda, oʼzbek tilidagi gapning grammatik strukturasi, xatolarni aniqlash, soʼzlarning sintaktik-morfologik jixatdan avtomatik tahlil qiluvchi vositalarini yaratishga doir bir qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur MASTAT tizimi shunisi bilan ahamiyatliki, matnlarni avtomatik qisqartirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni kalit soʼzlar yordamida xulosalash imkonini beradi. Kompyuter lingvistikasi uchun ushbu tadqiqot bir qator nazariy va amaliy vazifalarni yechishga yordam beradi. Shu jihatdan, matnlarni sintaktik tahlil qiluvchi hamda avtomatik qisqartiruvchi dasturiy taʼminot ishlab chiqish, algoritm, modellarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Views: 114 Published: 2024-06-28 Pages: 17-23 Volume: 2 Issue: 3

References

No references listed for this article.