JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

ASOSIY SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI(KPI) TUSHUNCHASI, DOLZARBLIGI VA JORIY QILISH BOSQICHLARI

Bakhodir Muminov1, Bakhodir Muminov2

1 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

2 Buxoro davlat universiteti.

Abstract

Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari -"Key Performance Indicators" yoki "KPI" qisqartmasining tarjimasi sifatida ishlatiladi. Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI) - zamonaviy tashkilotlarning strategik va taktik maqsadlarini samarali boshqarish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar to'plamidir. Samaradorlik - bu maqsadga erishish uchun sarflangan resurslarning asoslanishini belgilaydigan tushunchadir. Hozirgi vaqtda tashkilotlar xodimlarni rag'batlantirishning asosiy ko'rsatkichlarini (Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari - Key performance indicator (KPI)) belgilash kabi xodimlarni rag'batlantirish usulidan keng foydalanmoqdalar. KPI yordamida biz nafaqat faoliyat samaradorligini kuzatish va baholash, balki samarali ish haqi tizimini yaratish imkoniga ega bo’lamiz.

Views: 139 Published: 2023-10-28 Pages: 167-174 Volume: 1 Issue: 3

References

No references listed for this article.