JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMLARIDA MATRITSANI FAKTORIZATSIYA QILISH ALGORITMI YORDAMIDA FOYDALANUVCHILARGA RESURSLARNI TAVSIYA ETISH

Sherbek Normatov1, Yashin Sharifov2, Fayzi Bekkamov2

1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

2 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Hozirda axborot-kutubxona tizimlarida foydalanuvchilar uchun kerakli axborotlarni hamda resurslarni taqdim etish dolzarb hisoblanadi. Chunki ko‘plab axborot-kutubxona tizimlari foydalanuvchilarning demografik kelib chiqishi, qiziqishlari, afzalliklari, bilim darajasi kabi ma’lumotlarni hisobga olmaydi. Shu sababli foydalanuvchilarga kerakli resurslarni taqdim etishda bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu jarayon foydalanuvchilarning kitobxonlik xususiyatiga hamda bilim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu muammoni sun’iy intellekt asosida tavsiya etish tizimlari yordamida bartaraf etish mumkin. Tavsiya etish tizimining hamkorlik asosida filterlash usuli yordamida foydalanuvchilarga kerakli resurslarni hamda axborotlarni taqdim etish muammosini bartaraf etish mumkin. Ushbu maqolada axborot-kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarga axborot ehtiyojlariga mos resurslarni taqdim etish, hamkorlik usuli asosida filterlash va matritsani faktorizatsiya qilish algoritmi yordamida amalga oshiriladi.

Views: 107 Published: 2025-02-28 Pages: 181-190 Volume: 3 Issue: 1

References

No references listed for this article.