JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH KO‘RSATKICHLARINI NORMALLASHTIRISH ASOSIDA BILIM OLUVCHILARNING BILIM DARAJASINI BAHOLASH USULLARI

Nodir Raximov1, Jura Kuvandikov1, Ma’ruf Tojiyev2, Ma’ruf Tojiyev3

1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

2 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti.

3 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Ushbu tadqiqotda axborot resurslaridan foydalanish tizimida bilim oluvchilar bilimlarini baholashning samarali usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda bilim oluvchilar bilimlarini aks ettirishda o‘quv ko‘rsatkichlari, xususan, tashriflar soni, o‘qilgan materiallar soni va tashrif davomiyligi kabi parametrlari normallashtirilgan. Ko‘rsatkichlarni normallashtirish jarayoni max/abs va max/min usullari asosida amalga oshirilgan. Ushbu usullar yordamida ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslanadigan shaklga keltirilgan va natijalar ilmiy tahlil qilingan. Olingan natijalar bilim oluvchilarining bilim darajasini obyektiv baholash imkonini beradi va tizimni takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, shuningdek, bilimni baholash tizimining ishonchliligini va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Views: 78 Published: 2024-10-28 Pages: 91-96 Volume: 2 Issue: 5

References

No references listed for this article.