Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
BLOKLI SIMMETRIK SHIFRLASH ALGORITMLARINI KRIPTOTAHLIL QILISH MASALALARI
1 Qarshi Davlat universiteti
Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23276090
Keywords
Abstract
Ushbu maqolada blokli simmetrik shifrlash algoritmlarining kriptobardoshliligini baholashning zamonaviy usullari va ularning kriptotahlili tahlil qilingan. Kriptoanalitik ixtiyoridagi ma’lumotlar hajmi va turiga qarab shifrmatn, aniqlangan ochiq matn, tanlangan ochiq matn, tanlangan shifrmatn va tanlangan matn asosidagi hujumlarning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan. Shuningdek, to‘liq tanlov, statistik, chiziqli, differensial, chiziqli-differensial, slaydli, integral va algebraik kriptotahlil usullarining nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Chiziqli va differensial kriptotahlil usullarining matematik mohiyati, ularni blokli shifrlash algoritmlarida qo‘llash imkoniyatlari hamda kalitni aniqlash jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Kriptografik algoritmning himoyalanganlik darajasini aniqlashda kalitlar fazosining hajmi, hisoblash murakkabligi, zarur bo‘lgan ochiq va shifrmatnlar soni hamda kriptotahlil uchun sarflanadigan hisoblash resurslari muhim mezonlar sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari blokli simmetrik shifrlash algoritmlarini ishlab chiqish va ularning kriptobardoshliligini oshirish uchun kriptotahlil usullarini kompleks qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
References
- Akbarov D.Ye. Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari va ularning qo‘llanishlari. Toshkent, “O‘zbekiston markasi” nashriyoti, 2009. 432bet.
- Шнайер Б. Прикладная криптография. Протоколы, алгоритмы, исходные тексты на языке Си. М., Изд. ТРИУМФ, 2003. 816 с.
- Sattarov A.B. “Blokli simmetrik shifrlash algoritmlari uchun chiziqli differensial kriptotahlil usulini qo‘llash va uning dasturiy ta’minotini yaratish”. Axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasidagi dissertatsiya ishi. Toshkent–2011. 100 bet.
- Boymirzayev N. Ayirma matritsa va ularning simmetrik shifrlash algoritmlari kriptobardoshligini baholashdagi qo‘llanishlari. Axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasidagi dissertatsiya ishi. Toshkent, 2010 y. 115 b.
- Бабенко Л.К., Ищукова Е.А. Современные алгоритмы блочного шифрования и методы их анализа. М., «Гелиос АРВ», 2006. 376 с.
- Алферов А.П. и др. Основы криптографии: Учебное пособие. М., Гелиос АРВ, 2002. 480с.
- Kuryazov D.M. “Amaliy Kripto tahlil” SD-07 fanidan ma’ruzalar to‘plami. Toshkent, ATM, 2011y. 98 bet.