Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
BULUTLI YECHIMLAR VA XIZMATLARGA YO'NALTIRILGAN ARXITEKTURA ASOSIDA MULTI-AGENT TEXNOLOGIYALARI ORQALI BUSINESS INTELLIGENCE TIZIMLARINING INTEGRATSIYASI
1 Buxoro davlat universiteti.
2 Buxoro davlat universiteti .
Abstract
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv va o‘quv jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Raqamli transformatsiya nafaqat o‘quv jarayonining mazmunini o‘zgartiribgina qolmay, balki taʼlim muassasalarining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, business intelligence tizimlarining taʼlim boshqaruviga integratsiyasi dolzarb masala sifatida ajralib turmoqda. Oliy taʼlim muassasalari yirik axborot bazalariga ega bo‘lib, ularda talabalarning reytinglari, o‘quv natijalari, moliyaviy hisob-kitoblar, xodimlarning mehnat faoliyati kabi turli ko‘rinishdagi maʼlumotlar saqlanadi. Biroq, ushbu maʼlumotlarning miqdori va murakkabligi ulardan to‘liq foydalanishni cheklaydi. Business intelligence tizimlari bu masalada muhim vosita bo‘lib, oliy taʼlim muassasalariga qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilash, maʼlumotlarni avtomatik tahlil qilish va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish imkoniyatini beradi.
References
No references listed for this article.