Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
BUYUMLAR INTERNETI EKOTIZIMIDA TEXNOLOGIK JARAYONLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALASIGA OID (ISHLAB CHIQARISH KORXONASI MISOLIDA)
1 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
2 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23913356
Keywords
Abstract
Mazkur maqolada ishlab chiqarish korxonasi misolida Buyumlar Interneti (Industrial Internet of Things, IIoT) ekotizimida texnologik jarayonlar samaradorligini adaptiv boshqaruv asosida oshirish masalasi tadqiq etilgan. IIoT infratuzilmasining asosiy komponentlari, jumladan sensorlar, aktuatorlar, aloqa tarmoqlari, Edge va Cloud platformalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Texnologik jarayonlarni real vaqt rejimida monitoring qilish va boshqarish uchun adaptiv boshqaruvning matematik modeli ishlab chiqilgan hamda uning formal tavsifi keltirilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tanlanib, Cisco Packet Tracer muhitida IIoT arxitekturasi va MATLAB dasturiy muhitida adaptiv boshqaruv modeli ishlab chiqilgan. Modellashtirish natijalari IoT asosidagi adaptiv boshqaruv tizimi favqulodda vaziyatlarga javob berish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishini, ishlab chiqarish xavfsizligini oshirishini, inson omiliga bog‘liqlikni kamaytirishini hamda korxonaning umumiy texnologik va iqtisodiy samaradorligini yaxshilashini ko‘rsatdi. Olingan natijalar sanoat korxonalarida IIoT texnologiyalarini joriy etish va aqlli ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
- The Industrial IoT Ecosystem: Key Framework and Top Components/ https://thinkpalm.com/blogs/the-industrial-iot-ecosystem-key-framework-and-top-components/Internet resurs (kirish 03.03.2026)
- The Most Important Benefits and Challenges of Industrial IoT/https://www.iotforall.com/benefits-challenges-industrial-iot
- https://www.cisco.com/site/us/en/learn/topics/industrial-iot/what-is-industrial-iot.html
- Judijanto L., Internet of Things (IoT) as a driver of the industrial revolution 4.0 towards economy 5.0/ International journal of financial economics, Vol.1, No.7
- https://www.controleng.com/a-practical-approach-to-industrial-iot-and-device-management/
- (https://wikep.net/index.php/IJEFE/article/view/909)
- Растригин Л. А. Адаптация сложных систем: Методы и приложения. - Рига: Зинатне, 1981. - 375 с.