JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

DEEPLABV3+ CHUQUR O‘QITISH MODELI YORDAMIDA O‘PKA RENTGEN TASVIRLARINING SEGMENTATSIYASI

Ro‘zibayev Ortiq Baxtiyorovich1, Saidrasulov Sherzod Norboy oʻgʻli1, Zaripov Fazil Maxsetovich1, Raximov Komron Asqar o‘g‘li1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.20122253

Keywords

ko‘krak rentgen tasviri tibbiy tasvirlarni qayta ishlash DeepLabV3+ chuqur o‘qitish Jaccard indeksi Dice koeffitsiyenti o‘pka segmentatsiyasi

Abstract

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlovchi turli tibbiy diagnostika tizimlari tez sur’atlarda rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda turli kasalliklarni erta aniqlash maqsadida chuqur o‘qitish (deep learning) algoritmlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish keskin ortdi. Amaliyotda koronavirus (COVID-19) va sil kasalligi (TB) kabi kasalliklarni tashxislashda ko‘pincha o‘pka rentgen tasvirlaridan foydalaniladi. Chuqur o‘qitish modellari rentgen tasvirlaridan o‘pka hududlarini ajratib olish orqali sil kasalligini yuqori aniqlik bilan aniqlay oladi. O‘pka sohasi segmentatsiya qilinganidan so‘ng qo‘llanilgan klassifikatsiya usullari, tasvirning to‘liq kadridan foydalanilganga nisbatan kasallikni aniqlash ehtimolini sezilarli oshiradi. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi - ko‘krak rentgen tasvirlaridan o‘pka segmentatsiyasini amalga oshirish uchun DeepLabV3+ konvolyutsion neyron tarmog‘iga asoslangan semantik segmentatsiya modelini qo‘llashdir. Ko‘plab CNN arxitekturalarida pastga o‘tish (downsampling) jarayonida takroriy konvolyutsiya va pooling amallari natijasida tasvirning fazoviy aniqligi kamayib boradi. Ushbu cheklovni bartaraf etish maqsadida DeepLabV3+ arxitekturasi backbone qismidagi pooling va striding amallarini qayta optimallashtirgan holda “Atrous Convolution” texnikasidan foydalanadi.
Eksperimental natijalarga ko‘ra, model 94% Jaccard indeksi, va 97% Dice koeffitsiyentiga erishdi. Shuningdek, DeepLabV3+ modeli boshqa mashhur segmentatsiya arxitekturalari bilan keng qamrovli taqqoslashdan o‘tkazildi. Natijalar DeepLabV3+ modelining ko‘krak rentgen tasvirlaridan o‘pka segmentatsiyasini aniq va ishonchli bajarish qobiliyatini tasdiqlaydi.

Views: 114 Published: 2026-04-28 Pages: 187-193 Volume: 4 Issue: 2

References

  1. Ullah A., Khan S. U., & Kim J. (2020). Multi-organ segmentation of chest X-ray images using two-stage encoder–decoder networks. IEEE Access, 8, 146589–146602.
  2. Chen L.-C., Zhu Y., Papandreou G., Schroff F., & Adam H. (2018). Encoder–decoder with atrous separable convolution for semantic image segmentation. Proceedings of the European Conference on Computer Vision (ECCV), 801–818.
  3. Chavan M., Jadhav S., & Patil P. (2021). ResUNet++: An advanced architecture for lung segmentation in chest X-ray images. Expert Systems with Applications, 185, 115636.
  4. Sulaiman A., Mohamed A., & Ali H. (2021). A CNN-based concatenation block architecture for accurate lung segmentation. Multimedia Tools and Applications, 80, 23853–23869.
  5. Said Y., Barr M., & Al-Madi N. (2022). UNETR-based segmentation and classification framework for lung cancer detection. Computers in Biology and Medicine, 143, 105299.
  6. Liu W., Chen J., & Zhang Y. (2021). Improved U-Net with EfficientNet encoder for lung segmentation from chest X-ray images. Computers in Biology and Medicine, 134, 104462.
  7. Hasan D., & Jader U. (2021). Lung segmentation from chest X-ray images using SegNet. International Journal of Computer Assisted Radiology and Surgery, 16(3), 401–412.
  8. Hashem S. A., & Kamil M. Y. (2020). Lung segmentation from chest X-ray images using U-Net architecture. International Journal of Engineering Research and Technology, 13(10), 2826–2832.
  9. Jaeger S., Candemir S., Antani S., Wang, Y-X., Lu P.-X., & Thoma G. (2014). Two public chest X-ray datasets for computer-aided screening of pulmonary diseases. Quantitative Imaging in Medicine and Surgery, 4(6), 475–484.
  10. Bassi P. R., & Attux R. (2021). Impact of lung segmentation on COVID-19 classification in chest X-ray images. IEEE Latin America Transactions, 19(9), 1542–1549.
  11. Pranata T., Wang K. C., & Hsu C. H. (2020). Lung segmentation using U-Net with CLAHE preprocessing for chest X-ray images. Journal of Healthcare Engineering, 2020, Article ID 3020146.
  12. Gite S., Mahajan A., & Pise N. (2021). Comparative analysis of deep learning models for lung segmentation on chest X-ray images. Biomedical Signal Processing and Control, 68, 102677.
  13. Lyu Y., & Tian X. (2019). MWG-UNet: Multi-weight generative adversarial network for lung and heart segmentation from chest X-rays. Neurocomputing, 350, 30–45.