JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

ELEKTRON TIJORATDA AXBOROT XIZMATLARI MAJMUASINI BOSHQARISH

Rahmon Yuldashov1, Rahmon Yuldashov1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiy tuzilmaning evolyutsiyasida axborot-xizmat yo‘nalishining ustuvorligi asoslanadi, unda internet iqtisodiyoti xizmatlar sohasining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Konseptual darajada elektron tijoratning mohiyati xizmatlar sohasidagi alohida iqtisodiy faoliyat turi sifatida aniqlanadi. Unga xos xususiyatlar: virtual xizmat muhiti, tarmoq tashkiliy-boshqaruv shakllari, innovatsion faollik, global xarakter, ish muhitining beqarorligi, biznes infratuzilmasida axborot texnologiyalarining ustunligi. Neoiqtisodiyotda xizmatlarni tashqilashtirishning asosiy tendensiyalari va omillari aniqlangan va tizimlashtirilgan. Axborot xizmatining roli va mohiyati maqsadga muvofiq tashkiliy-iqtisodiy faoliyat sifatida o‘rnatilgan va ochib berilgan. Axborot xizmatlarining keng qamrovli tasnifi taklif etilgan. “Elektron axborot xizmatlari” va “axborot xizmatlari” kabi yangi kategoriyalarni ilmiy muomalaga kiritish orqali xizmatlar sohasining tushuncha apparati kengaytirilgan.

Views: 75 Published: 2025-04-28 Pages: 135-142 Volume: 3 Issue: 2

References

No references listed for this article.