Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
FIZIK ENTROPIYA MANBALARI ASOSIDA POST-KVANT KRIPTOGRAFIK ALGORITM YARATISH
1 Buxoro davlat texnika universiteti .
Abstract
Kvant hisoblash qurilmalarining rivojlanishi an’anaviy kriptografik algoritmlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu tadqiqot ishida oddiy qurilmalardagi fizik entropiya manbalaridan foydalangan holda post-kvant xavfsizligini ta’minlovchi yangi gibrid kriptografik algoritm - Fizik Entropiya Manbaali Gibrid Post-Kvant Xavfsizlik Algoritmi (FE-GPKXA) taklif etiladi. Algoritmda mikrofon shovqini, tarmoq trafigining vaqt belgilari, foydalanuvchi harakatlari, tizim sensorlari va kamera sensori kabi mavjud fizik entropiya manbalari bilan NTRU va Ring-LWE panjaraga asoslangan kriptografik yondashuvlardan foydalaniladi. O‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, bu algoritm maxsus kvant qurilmalarisiz ham yuqori darajadagi tasodifiylikni ta’minlash va post-kvant xavfsizligini saqlash imkonini beradi. FE-GPKXA algoritmi ayniqsa cheklangan resursli muhitlarda, jumladan mobil va IoT qurilmalarida katta ahamiyatga ega.
References
No references listed for this article.