JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

FOTOROBOTDAN YUZ TASVIRINI TANIB OLISH USULLARINING TAHLILI

Lola Davronova1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti .

Abstract

Ushbu maqolada fotorobot asosida yuz tasvirlarini tanib olishning zamonaviy usullari va ulardan foydalanish sohalari tahlili keltirilgan. Fotorobotlar, asosan kriminalistika sohasida qo'llanilib, jinoyatchilarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan yillarda fotorobot asosida tanib olishning an’anaviy usuli qo‘llanilgan bo‘lsa xozirda bunday tizimlarning avtomatlashtirilishi sun’iy intellekt yordamida rivojlanmoqda. Maqolada fotorobotlar uchun ishlatiladigan namuna bazalari va ularning xususiyatlari keltirilgan. Tadqiqotlar natijalari, an’anaviy va teran o‘rganishga asoslangan tanib olish usullari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatadi. Fotorobotni tanib olishda qo‘lda tayyorlangan va teran o‘rganishga asoslangan xususiyatlar tahlil qilingan. Bunda, komponentlarga asoslangan va holistik yondashuvlar taqqoslangan. Teran o‘rganish usullari yuqori aniqlikni ta’minlasada, ko‘p sonli namunalarni talab etadi va real sharoitlarda natijalar ko‘pincha past bo‘lishi mumkin. Shuningdek, GAN (Generative Adversarial Networks) modelining fotorobotlardan yuz tasvirlarini hosil qilishdagi ahamiyati va imkoniyatlari yoritilgan. GAN yordamida yuqori sifatli sun’iy ma’lumotlar yaratish mumkin bo‘lib, bu fotorobotlar bazasidagi yuz tasvirlarini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.

Views: 75 Published: 2024-08-28 Pages: 133-140 Volume: 2 Issue: 4

References

No references listed for this article.