JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

FOYDALANUVCHI QIZIQISH VA EHTIYOJLARINI BASHORAT QILISH USULLARI TAHLILI

Og‘abek Toshniyozov1, Og‘abek Toshniyozov1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Hozirgi kunda internet tarmog‘i foydalanuvchilari sonining keskin oshib ketishi natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ma’lumotlar hajmining oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur ulkan hajmdagi ma’lumotlar orasidan foydalanuvchilar o‘zlarining qiziqish va maqsadlaridan kelib chiqib kerakli ma’lumotlarni topib olishlari borgan sari qiyinlashib bormoqda. Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etishda foydalanuvchilarning qiziqishlarini o‘rganish, bashorat qilish hamda mazkur qiziqishlar natijasida ularga ma’qul kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib berish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur maqolada hozirgi kunda foydalanuvchi qiziqishlarini bashorat qilishda keng qo‘llaniladigan asosiy usullar – hamkorlikka asoslangan filtrlash (collaborative filtering), kontentga asoslangan filtrlash(content-based filtering) va ularning integratsiyasi asosida ishlaydigan gibrid filtrlash (hybrid filtering) tizimlari tahlil qilinadi. Foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, tanlovlari va qiziqishlariga mos tavsiyalarni shakllantirish — interaktiv platformalar samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil sifatida qaralmoqda. Maqolada har bir usulning ishlash prinsipi va amaliy misollar orqali samaradorligi ko‘rib chiqiladi.

Views: 75 Published: 2025-04-28 Pages: 198-202 Volume: 3 Issue: 2

References

No references listed for this article.