JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

FRAKTAL GEOMETRIYA VA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MATO NAQSHLARINI GENERATSIYALASH MODELLARI VA ALGORITMLARI

Shoniyozova Yulduz Qahramon qizi1

1 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23379440

Keywords

kompyuter grafikasi raqamli bosma mato naqshlari jakkard to‘quv fraktal o‘lchov Fraktal geometriya to‘qimachilik sanoati L-tizimlar rekursiv algoritmlar sun’iy intellekt neyron tarmoqlar R-funksiya usuli (RFM) avtomatlashtirilgan dizayn IFS generativ modellar

Abstract

Mazkur maqolada to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun gazlama, gilam hamda liboslar dizaynida takrorlanuvchi va murakkab naqsh kompozitsiyalarini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash masalasi tadqiq qilingan. Tadqiqot doirasida fraktal geometriya tamoyillari — L-tizimlar (Lindenmayer tizimlari), takrorlanuvchi funksiyalar tizimi (IFS) hamda R-funksiyalar usuli (RFM) yordamida ikki o‘lchovli (2D) milliy va zamonaviy mato naqshlarining matematik modellari va rekursiv algoritmlari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, fraktal parametrlarni avtomatik tanlash, ranglar garmoniyasini shakllantirish va gazlama yuzasiga teksturaviy moslashtirish jarayonlarida sun’iy intellekt (SI) modellari, xususan, generativ neyron tarmoqlar (GAN, VAE) hamda chuqur o‘rganishga asoslangan estetik optimallashtirish mexanizmlari integratsiya qilindi. Ishlab chiqilgan matematik va algoritmik ta’minot asosida yaratilgan «Fraktal dizayn» dasturiy majmuasi mato naqshlarini avtomatik generatsiyalash, ularning fraktal o‘lchamlarini (FO‘) aniqlash hamda elektron jakkard dastgohlari va raqamli to‘qimachilik printerlari uchun vektorli va rastrli formatlarda eksport qilish imkonini beradi. Eksperimental natijalar taklif etilgan gibrid model va algoritmlar yordamida dizayn yaratish vaqtini 3-4 baravarga qisqartirish, gazlama kompozitsiyalarining rang-barangligi va estetik jozibadorligini sezilarli darajada oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Views: 98 Published: 2026-10-13 Pages: 218-224 Volume: 4 Issue: 5

References

  1. To‘rayev M.F., Shoniyozova Y.Q. Fraktallarning 2D modellashtirishda qo‘llanishi va tatbiqi // «Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning jamiyatdagi o‘rni» Respublika ilmiy-amaliy anjumani. TATU Qarshi filiali. – 2023. – B. 265–267.
  2. Shoniyozova Y.Q., Xoliqov E.E. Fraktal shakllarning tahlili va istiqboldagi o‘rni // International Conference on the Role and Importance of Innovative Education in the 21st Century. – 2022. – B. 69–72.
  3. Anarova Sh.A., Ibrohimova Z.E. Methods of Constructing Equations for Objects of Fractal Geometry and R-Function Method // International Conference on Intelligent Human Computer Interaction. – Springer, Cham, 2022. – P. 425–436.
  4. Berdiev G. et al. Effects of Virtual Modeling-Based Instruction on Creative Thinking and Digital-Pedagogical Competence in Higher Education: A Multi-Institutional Quasi-Experimental Study. – 2026.
  5. Ochilov M.R., Ochilova S.R., Shoniyozova Y.Q. Fraktallarning tasnifi va ularni kompyuter modellashtirish asoslari // III Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi materiallari. TATU. – Toshkent, 2023. – B. 601–603.
  6. Ochilova S., Berdiyev G., Xujaqulov N. Fraktal nazariyasiga asoslangan musiqa kompozitsiyasining tahliliy usullari //Вестник транспорта-Transport xabarnomasi. – 2025. – Т. 2. – №. 3. – С. 136-139.
  7. Anarova Sh.A., Ibrohimova Z.E., Xurramova R.I. O‘zbek milliy liboslarining naqshli dizaynida fraktallar va ularni qurishning dasturiy vositalari // O‘zbekiston to‘qimachilik jurnali. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 77–89.