Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
FUQAROLAR MUROJAATLARINI SEMANTIK TAHLIL QILISH VA VAQT QATORLARI ASOSIDA MUROJAATLAR OQIMINI PROGNOZLASH MODELLARI VA ALGORITMLARI
1 Qarshi davlat texnika universiteti
Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23378617
Keywords
Abstract
Mazkur maqolada davlat organlari, xususan, ichki ishlar organlariga fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘p sonli va turli formatdagi murojaatlarni intellektual qayta ishlash, ularning mazmunini tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) usullari yordamida semantik tahlil qilish hamda dinamik vaqt qatorlari modellari asosida murojaatlar oqimini prognozlash masalalari tadqiq qilingan. An’anaviy usulda murojaatlarni qo‘lda ro‘yxatga olish va subyektiv tasniflashdagi kechikishlar tahlil qilinib, matnlarni morfolojik va semantik vektorlash (TF-IDF, so‘z embeddinglari hamda transformer arxitekturalari), mavzuli klasterlash, sentiment (hissiy kayfiyat) va shoshilinchlik darajasini aniqlovchi ko‘p bosqichli matematik model ishlab chiqildi. Murojaatlar oqimining mavsumiy va tasodifiy tebranishlarini hisobga oluvchi SARIMA (Seasonal Autoregressive Integrated Moving Average) hamda chuqur rekurrent neyron tarmoqlar (LSTM — Long Short-Term Memory) integratsiyalashgan prognozlash algoritmi taklif etildi. Ishlab chiqilgan modellar va algoritmlar asosida «IIO-Analitika» axborot-tahliliy tizimining dasturiy prototipi yaratildi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari misolida o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlari semantik tasniflash aniqligi F1-mezon bo‘yicha 92.4% ga yetganligini, murojaatlar oqimini prognozlashda o‘rtacha nisbiy xatolik (MAPE) 7.8% dan oshmaganligini hamda ijro intizomi va resurslarni taqsimlash samaradorligi 25–30% ga oshganligini ko‘rsatdi.
References
- Raximqulov I.S. Fuqarolar murojaatlarini raqamli monitoring va statistik tahlil qilish axborot tizimining funksional modeli // Theory and Analytical Aspects of Recent Research. – Turkey, 2026. – Part 48. – B. 143–146.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–51-son Farmoni, 2026-yil 1-aprel. – T.: Lex.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–6079-son Farmoni, 2020-yil 5-oktabr. – T.: Lex.uz.
- Pardayeva G.A., Raximqulov I.S. Development of an information system for statistical analysis of citizens’ appeals // Universal Journal of Academic and Multidisciplinary Research. – 2026. – Vol. 4. – Issue 32. – P. 87–90.
- Raximqulov I.S. Fuqarolar murojaatlarini statistik tahlil qilish axborot tizimini ishlab chiqish // Theory and Analytical Aspects of Recent Research. – Turkey, 2026. – Part 48. – B. 136–141.
- Pardayeva G.A., Raximqulov I.S. Fuqarolar murojaatlarini statistik tahlil qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati // Innovative Developments and Research in Education: International Conference. – Canada, Ottawa, 2025. – B. 106–108.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida»gi PF–158-son Farmoni, 2023-yil 11-sentabr. – T.: Lex.uz.