JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

INTELLEKTUAL ALGORITMLAR ASOSIDA SHAXSNI TANIB OLISHDA NUTQ SIGNALLARINING XUSUSIYATLARI VA PARAMETRLARINI SHAKLLANTIRISH

Furqat Raxmatov1, Faxriddin Abdirazakov1, Azizbek Temirov1, Sulton Nasirov1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Ushbu maqolada shaxsni tanib olish tizimlarida nutq signallarini qayta ishlash orqali informatsion xususiyatlarni ajratib olish va ularning asosida shaxsga oid parametrlarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan, mashinali o‘rganish va chuqur neyron tarmoqlar asosida ishlovchi algoritmlar qo‘llanilib, nutq signalining tembr, ton, formant chastotalar, energiya spektri kabi statistik va spektral xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, Mel-chastota spektral koeffitsiyentlari (MFCC), Linear Predictive Coding (LPC) va prosodik parametrlar asosida foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun optimal atributlar tanlash va klassifikatsiya modellarini qurish yo‘llari tahlil qilinadi. Eksperimental natijalar keltirilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqilgan intellektual algoritmlarning aniqligi, barqarorligi va turli akustik sharoitlarga nisbatan moslashuvchanligi ko‘rsatib berilgan. Mazkur tadqiqot natijalari shaxsni tanib olish tizimlarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Usullar va algoritmlar yordamida shaxsni tanib olishga qaratilgan muhim ilmiy ishlanmalar tahlil qilingan.

Views: 73 Published: 2025-04-28 Pages: 220-233 Volume: 3 Issue: 2

References

No references listed for this article.