JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

IRRIGATSIYA TARMOQLARINI GRAF MODELI ASOSIDA RAQAMLASHTIRISH, MA’LUMOT TAYYORLASH VA VALIDATSIYALASH DASTURIY VOSITASI

Qudaybergenov Adilbay Abatbaevich1

1 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.20135683

Keywords

irrigatsiya tarmog‘i ma’lumotlar modeli JSON va Excel import-eksport raqamlashtirish graf modeli validatsiya algoritmi

Abstract

Ushbu ishda irrigatsiya tarmoqlarining graf modeli uchun ma’lumot tayyorlash va validatsiyalashga mo‘ljallangan dasturiy vosita taklif etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki, amaliyotda irrigatsiya tarmoqlari haqidagi ma’lumotlar ko‘pincha grafik sxemalar, tarqoq jadvallar yoki nostandart fayllar ko‘rinishida saqlanadi, bu esa ularni formal tahlil qilish, xatolarni aniqlash va keyingi gidravlik hamda optimallashtirish modellariga uzatishni qiyinlashtiradi. Ishda irrigatsiya tarmog‘i yo‘naltirilgan graf ko‘rinishida ifodalandi, tugun va qirralar uchun semantik atributlar hamda topologik cheklovlar joriy etildi. Shu asosda tugun, qirra va talab yozuvlaridan iborat ma’lumotlar modeli ishlab chiqildi va uning sintaktik, topologik hamda semantik to‘g‘riligini tekshiruvchi validatsiya algoritmlari taklif qilindi. Dastur Python va PyQt5 muhitida modulli arxitektura asosida amalga oshirildi; unda grafik tahrirlash, avtomatik tekshirish, JSON va Excel formatlarida import-eksport, shuningdek PNG formatda saqlash imkoniyatlari yaratildi. Sinov natijalari dastur irrigatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish, struktura xatolarini erta aniqlash, ma’lumotlarni standartlashtirish va keyingi gidravlik yoki optimal taqsimlash masalalari uchun ishonchli kirish ma’lumotlarini tayyorlashda samarali ekanini ko‘rsatdi.

Views: 92 Published: 2026-04-28 Pages: 209-219 Volume: 4 Issue: 2

References

  1. Qiao J., et al. Integrating Graph Data Models in Advanced Water Resource Management: A New Paradigm for Complex Hydraulic Systems // Water. 2024. Т. 17, № 1. С. 3.
  2. Gong Y., et al. Study on Water Quantity Allocation Optimization for Single Main Canal in Large-Scale Irrigation Area Based on DP Method // Water. 2022. Т. 14, № 23. С. 3917.
  3. Rakhimov S., Seytov A., Kudaybergenov A. Modeling and optimization of water supply processes at large pumping stations // Global and Stochastic Analysis. Т. 8, № 3. С. 55–59.
  4. Fan Y., et al. Water distribution and scheduling model of an irrigation canal system // Computers and Electronics in Agriculture. 2023. Т. 209. С. 107866.
  5. Rakhimov S., et al. Algorithms for solving the problems of optimizing water resources management on a reservoir seasonal
  6. Seytov A. J., et al. Mathematical models and optimal control algorithms for channels of irrigation systems, taking into account the discreteness of water supply // Academic research in educational sciences. 2021. Т. 2, № 5. С. 521–533.
  7. Zeng N., et al. Nonlinear optimal control of cascaded irrigation canals with conservation law PDEs // Control Engineering Practice. 2020. Т. 100. С. 104407.
  8. Fan Y., et al. Canal water distribution optimization model based on water supply conditions // Computers and Electronics in Agriculture. 2023. Т. 205. С. 107565.
  9. Zhou K., et al. An optimal water distribution model for canal systems based on water level // Sci Rep. 2025. Т. 15, № 1. С. 12350.
  10. Kabulov A., Seytov A., Kudaybergenov A. Optimal water distribution in large main canals of irrigation system // Global and Stochastic Analysis. 2021. Т. 8, № 3. С. 45–53.
  11. regulation // 2021 Asia-Pacific Conference on Applied Mathematics and Statistics. Chiangmai, Thailand, 2022. С. 060023.