Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
KOMPYUTER KO‘RISH VA TABIY TILNI QAYTA ISHLASHDAN FOYDALANGAN HOLDA INSON MEHNAT UNDORLIGINI BAHOLASH IMKONIYATLARI
1 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Abstract
Chuqur o‘qitish tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda va bu kompyuter ko‘rish yordamida hayotimizning turli jabhalarida keng ko‘lamli muammolarni hal qilishga yordam bermoqda. Shunga qaramay, ish unumdorligini baholash uchun nisbatan kam sonli kompyuter ko‘rishga asoslangan usullar qo‘llanilgan. Bundan tashqari, tabiiy tilga ishlov berish bilan bog‘liq modellar rivojlanishda davom etmoqda, ammo tilni boshqa multimodal kirish parametrlari bilan birlashtiruvchi yagona modelni yaratish muammosi hali ham o‘rganilmagan va qiyinligicha qolmoqda. Boshqa tomondan, inson harakatini inson tabiiy nutqi orqali talqin etish mumkin. Keng miqyosli harakat modellari va til ma’lumotlari harakat bilan bog‘liq modellar faoliyatida model ishlashini yaxshilashi mumkin. Ushbu maqolada yuqoridagi jarayonni amalga oshirish imkoniyatlari va inson harakatini, shuningdek, mehnat unumdorligini baholashning metodologiyasi ko‘rib chiqiladi.
References
No references listed for this article.