Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI TASVIRLARI ASOSIDA TASHXISLASH ALGORITIMLARI VA DASTURIY VOSITASINI YARATISH
1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .
Abstract
Kompyuter tomografiyasi (KT) tibbiy diagnostikada keng qo'llaniladigan samarali tasvir olish texnologiyasidir. Ushbu maqolada KT tasvirlari asosida tashxislash uchun algoritmlar va dasturiy vositalarni yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. KT tasvirlarini qayta ishlash, analiz qilish va diagnostik yordam beruvchi tizimlarni yaratish, tibbiyotda tezkor va aniqlik bilan tashxis qo'yish imkonini beradi. Maqolada tasvirlarni tahlil qilishda qo'llaniladigan zamonaviy algoritmlar, sun'iy intellekt va mashina o'rganish metodlari, shuningdek, bu texnologiyalarni tibbiy amaliyotda qo'llashdagi muvaffaqiyatlar va qiyinchiliklar haqida so'z yuritiladi. KT tasvirlarini avtomatik tarzda tahlil qilish, kasalliklarni erta aniqlashda va davolash jarayonini optimallashtirishda katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
References
No references listed for this article.