JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

KO‘PRIK KONSTRUKSIYALARIDA DEFORMATSIYALANISH JARAYONLARINI TAHLIL QILISH UCHUN FRAKTAL ALGORITMLAR

Shahzoda Anarova1, Soliha Qarshiyeva1, Maftuna Ismoilova1

1 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Abstract

Ushbu maqolada ko‘prik tuzilmalaridagi deformatsiyalanish jarayonlarini tahlil qilish uchun fraktal algoritmlarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Ko‘prik konstruktsiyalari tabiatan murakkab bo‘lib, ularning deformatsion jarayonlari ko‘p o‘lchovli va noaniq xususiyatlarga ega. Fraktal geometriya va unga asoslangan algoritmlar bu jarayonlarni aniqlash, modellashtirish va baholashda samarali vosita sifatida qaraladi. Maqolada fraktal algoritmlarning asoslari, ular yordamida deformatsion jarayonlarni tahlil qilish usullari va adabiyotlarda olingan natijalar tahlil qilinadi. Dinamik vaqtni moslashtirish (DTW), fraktal spektral tahlil va multi-shkala fraktal modellashtirish kabi zamonaviy yondashuvlar deformatsiyalarni aniqlashda yuqori aniqlikni ta’minlashi qayd etilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fraktal algoritmlar yordamida ko‘priklar monitoringini takomillashtirish va ular xavfsizligini oshirish imkoniyatlari mavjud. Ushbu maqola fraktal algoritmlar asosida ko‘priklar deformatsiyalarini chuqurroq tahlil qilish va kelgusida yanada samarali algoritmlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.

Views: 107 Published: 2024-12-24 Pages: 70-73 Volume: 2 Issue: 6

References

No references listed for this article.