JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

LMS AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH KONSEPSIYASI VA TAMOYILLARI

Botir Elov1

1 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Abstract

Ta'limni boshqarish tizimi (Learning Management Systems, LMS) ta'lim xizmatlarini taqdim etishni o'z ichiga olgan tizimdir. Dastlab, bu tizimdan faqat o'quv markazlari, oliy ta`lim muassasalari tomonidan foydalanilgan bo'lsa, tez orada yirik kompaniyalar undan foydalanishni boshladilar. Hozirgi tendentsiya uyda o'qitishga qaratilgan bo'lib, bu LMS tobora ko'proq qo'llanilishida aks etadi. Shunday qilib, ushbu tizimning rivojlanishi kompaniyalarga o'z xodimlari uchun malaka oshirish platformasini joriy qilish imkonini beradi. LMSning asosiy vazifasi mavjud bilimlarni boshqarishdan iborat. Hozirgi kunda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va sifatli kadrlarni tayyorlash uchun LMS tizimlarini yaratish nafaqat elektron ta’limning dasturiy platformasini ishlab chiqish, balki elektron ta’lim jarayonini boshqarish va bilim olish, axborot olish uchun samarali muhitni yaratishdir. Shu sababli zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda keng qamrovli LMS tizimlarini yaratish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlar, o'quvchilar va talabalar, kurs ishtirokchilari va o` quv mashg`ulotlarini amalga oshirishdagi eng muhim bosqich elektron ta'limni boshqarish tizimini (LMS) ishlab chiqishdir. Ushbu maqolada LMS axborot tizimini ishlab chiqishning zamonaviy konsepsiyasi va tamoyillari keltiriladi.

Views: 78 Published: 2024-02-28 Pages: 77-89 Volume: 2 Issue: 1

References

No references listed for this article.