Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
MASHINALI O‘QITISH USULLARI ASOSIDA HAVO SIFATI KO‘RSATKICHINI BAHOLASH
1 Samarqand davlat universiteti.
Abstract
Bugungi kunda dunyoda havoning ifloslanishi global muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoning asosiy sabablariga mamlakatlarning jadal rivojlanishi, urbanizatsiyasi, sanoatlashuv va aholi sonining ko‘payishi kabi omillar tasir qiladi. Havoning ifloslanishi inson salomatligiga shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Havoning ifloslanishini aniqlash uchun ishlatiladigan o‘lchov havo sifati indeksi (HSI) deb ataladi. U havodagi, ifloslantiruvchilar deb ataluvchi PM2.5, PM10, O3, SO2, NH3, CO2, NO2 kabi bir nechta zararli moddalar miqdoriga asoslanadi va ifloslangan havoning inson salomatligiga qisqa muddatli ta’sirini baholaydi. Dunyodagi turli hil mamlakat va shaharlar havosi sifati indeksini bashorat qilishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari ko’plab tadqiqotchilar tamonidan olib borilmoqda. Ushbu ish mashinali o‘qitish modellaridan foydalangan holda Samarqand shahri uchun havo sifati indeksini baholashga bag‘ishlangan. Havo ifloslantiruvchilari va metearologik ma’ulotlar shahardaga mavuj stansiyalardan to’plangan. Ushbu ishning o‘ziga xosligi oldingi tadqiqotlarga nisbatan havo sifati indeksi va mashinaviy o‘qitish modellariga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlardan iborat.
References
No references listed for this article.