Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
MASHINANI OʻQITISH ALGORITMI ORQALI MAKTAB O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK HOLATINI IKKITA SINFGA AJRATISH: STRESS MAVJUD VA STRESS MAVJUD EMAS
1 Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute.
Abstract
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining psixologik holatini “stress bor” va “stress yo‘q” sinflariga ajratish uchun XGBoost (Extreme Gradient Boosting) masinani o‘rgatish algoritmi asosida klassifikatsiya modeli ko‘rib chiqiladi. Dastlab maqolada qaralayotgan masalaning matematik modeli quriladi. Keyin masala uchun ishlatiladigan model XGBoostning matematik modeli va qaralayotgan masalani yechishni matematik modeli ko‘rib chiqiladi. Maqolada qaralayotgan masala uchun maktab o‘quvchilarining psixologik xususiyatlari asosida ma’lumotlar to‘plami yaratilgan. Pyton dasturlash tilida maqolada qaralayotgan masala uchun dasturiy ta’minot tuzilgan. Maqolada qaralayotgan masala uchun XGBoost regulyarizatsiya gradientlarni optimallashtirish va parallellashgan hisoblash imkoniyatlari ortiqcha moslashuv muammosini samarali yecha oldi. Model qaralayotgan masalani sinflarga ajratish natijalariga qisqacha qaraladigan bo‘lsa, aniqlik (accuracy) 82% tashkil qildi. Bu natija qaralayotgan masala uchun yuqori hisoblanadi. XGBoost Support vector machine (SVM) va tasodifiy ormon mashinani o‘rgatish algoritmlariga solishtirganda yuqori tezlik va aniqlik ko‘rsatkichlari namoyish qildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu yondashuv maktab sharoitida real vaqt rejimida maktab o‘quvchilaridagi stressni aniqlash tizimlarini yaratishda kelajakda asosiy vosita bo‘la oladi.
References
No references listed for this article.