JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

MASOFADAN ZONDLANGAN SENTINEL-2 PLATFORMASI TASVIRLARINI TASNIFLASH ALGORITMLARI

Temurbek Kuchkorov1, Umida Ismoilova2, Umida Ismoilova1, Umida Ismoilova1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

2 Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.

Abstract

Yangi avlod masofadan zondlash texnologiyalari va missiyalari orqali yerni yuzini kuzatish yordamida atrof-muhit monitoringi, global harorat o‘zgarishi, yerdan foydalanish kabi muhim masalalarni o‘rganish mumkin. Bu borada Yevropa Ittifoqining Compernicus tashkiloti tomonidan ishga tushirilgan Sentinel platformalaridan tadqiqotlar va ochiq turdagi ilovalarni ishlab chiqishda foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Ushbu maqolada Sentinel-2 platformasidan olingan tasvirlarga ishlov berish bosqichlari, mazkur platforma ma’lumotlaridan foydalanib, yerdan foydalanishni tasniflash uchun mashinali o‘qitish algoritmlari, jumladan, K-means, maksimal ehtimollik, minimal masofa hamda tasodifiy o‘rmon tasniflash algoritmlari natijalarining solishtirma tahlili keltirilgan. Algoritmlarni baholash uchun True Positive (TP), True Negative (TN), Kappa indeksi va Precision kabi ko‘rsatkichlari qo‘llanilgan. Ushbu maqolada Xorazm va Andjion viloyati qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan hududlari tadqiqot obyekti sifatida qaralgan va ekinlar uchun ajratilgan maydonlarning tasniflash natijalari keltirilgan.

Views: 102 Published: 2024-06-28 Pages: 68-77 Volume: 2 Issue: 3

References

No references listed for this article.