JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

MESSENJERLAR ORQALI XABAR ALMASHISHDA XAVFSIZ ALOQA MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Temur Eshniyozov1

1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy messenjerlar xavfsizligining dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, end-to-end shifrlash (E2E) texnologiyasi tahlil qilindi va ushbu texnologiya turli messenjerlarda qanday joriy etilganiga e’tibor qaratildi. Telegram, WhatsApp, Signal va boshqa messenjerlar xavfsizlik choralari, shu jumladan shifrlash algoritmlari, xabarlarni sinxronlash va metadatalarning himoyasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan, mobil platformalar va ulardagi messenjerlarning zaif tomonlari tahlil qilindi. Maqolada Signal protokoli va Double Ratchet algoritmi kabi kriptografik texnologiyalar batafsil ko‘rib chiqildi, ular yordamida xabarlarning xavfsizligi ta’minlanishi, shu bilan birga “Man in the middle” hujumlariga qarshi himoya choralari taqdim etildi. Messenjerlarning xavfsizlik kamchiliklari va imkoniyatlarini chuqur o‘rganish orqali, foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy yozishmalarini qanday qilib yanada samarali himoya qilishlari mumkinligi ko‘rsatib berilgan.

Views: 75 Published: 2024-08-28 Pages: 85-94 Volume: 2 Issue: 4

References

No references listed for this article.