JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

MICROSOFT WORD UCHUN O‘ZBEK TILI SO‘ZLARNI IMLOVIY TAHRIRLASH PLAGININI YARATISH ALGORITMLARI VA DASTURI

Farrux Boymurodov1

1 Qarshi davlat universiteti.

Abstract

Globalizatsiya va raqamli axborotlashtirish jarayonida o‘zbek tilining rivojida axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter lingvistikasining tabiiy tilni qayta ishlash NLP (Natural Language Processing) yo‘nalishi til bilan bog‘liq masalalarni, jumladan, tahrir, tahlil, tarjima, elektron matnni ovozlashtirish, og‘zaki nutqni elektron matnga aylantirish, va boshqa ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirish uchun dasturlar yaratishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada Microsoft Word muhiti uchun o‘zbek tili so‘zlarini imloviy tahrirlashga mo‘ljallangan plagin yaratish va uni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Plaginning asosiy vazifasi – o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik tahrirlash va xatolarni aniqlash orqali foydalanuvchilarga qulaylik yaratish. Ushbu tizim o‘zbek tilidagi matnlarni morfologik va grammatik jihatdan tahlil qilib, xatolarni aniqlaydi va ularni tuzatish imkonini beradi. Maqolada plaginni yaratish jarayoni, uning algoritmlari va Microsoft Word muhiti bilan integratsiyasi batafsil yoritiladi.

Views: 71 Published: 2025-01-31 Pages: 39-44 Volume: 3 Issue: 1

References

No references listed for this article.