Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
MODULLI O‘QITISH TIZIMIDA FANLARARO BOG‘LIQLIK ASOSIDA TA’LIM KETMA-KETLIGINI BELGILOVCHI AXBOROT TIZIMINI YARATISH
1 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida modulli o‘qitish yondashuvining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Modulli o‘qitish tizimi har bir fanning mantiqiy tuzilgan, mustaqil o‘quv moduli sifatida qaralishini ta’minlab, ta’lim jarayonining tizimliligi, natijaviyligi va individual moslashuvchanligini oshiradi. Ayniqsa, fanlararo bog‘liqlikni aniqlash, ularning o‘zaro mantiqiy tartibini belgilash va bu asosda o‘quv rejasini shakllantirish modulli o‘qitish tizimining samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Maqolada grafoanalitik, matritsali va ekspert tahlil usullari yordamida fanlararo bog‘liqliklar aniqlanib, Python dasturlash tili va Django platformasi asosida axborot tizimi yaratish yondashuvi asoslab beriladi. Taqdim etilgan tizim orqali o‘quv fanlarini avtomatik ketma-ketlikda tartiblash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, AQSh, Germaniya, Koreya va Finlandiya ta’lim tizimlaridagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida joriy etish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari o‘quv jarayonini raqamlashtirish va optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
References
No references listed for this article.