JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR VA ULARNING ONALARINI KOMPLEKS REABILITATSIYA QILISHDA RAQAMLI TIBBIYOT TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN RAQAMLI REABILITATSIYA PLATFORMASINING MODEL VA ALGORITMLARI

Abdumalikova Laylo Abduxoliq qizi1

1 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23152558

Keywords

raqamli reabilitatsiya kompleks reabilitatsiya shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya. bulutli hisoblash teletibbiyot masofaviy monitoring nogironligi bo‘lgan bolalar sun’iy intellekt taqiladigan tibbiy qurilmalar raqamli tibbiyot Internet of Things (IoT) tibbiy ma’lumotlar m-health

Abstract

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning onalarini kompleks reabilitatsiya qilishda raqamli tibbiyot texnologiyalariga asoslangan raqamli reabilitatsiya platformasining model va algoritmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli sog‘liqni saqlash, Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt, taqiladigan tibbiy qurilmalar, mobil sog‘liqni saqlash (m-health) va teletibbiyot texnologiyalarining reabilitatsiya jarayonidagi imkoniyatlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Raqamli reabilitatsiya platformasining arxitekturasi bemor holatini monitoring qilish, tibbiy ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda tahlil qilish va natijalar asosida reabilitatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash bosqichlarini qamrab oladi. IoT va taqiladigan qurilmalar yordamida fiziologik ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatish, to‘plangan ma’lumotlarni bulutli muhitda saqlash va sun’iy intellekt asosida tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, masofaviy monitoring va telemeditsina vositalari orqali bemorlar hamda ularning onalariga reabilitatsiya jarayonida uzluksiz axborot va mutaxassis nazoratini ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni integratsiyalashgan holda qo‘llash reabilitatsiyani shaxsiylashtirish, real vaqt rejimida monitoring qilish, tibbiy ma’lumotlardan samarali foydalanish va masofaviy tibbiy xizmatlarni tashkil etish uchun texnologik asos yaratishini ko‘rsatadi.

Views: 81 Published: 2026-10-05 Pages: 15-22 Volume: 4 Issue: 5

References

  1. Alghadier M., Altheyab A. S. The Digital Pediatric Physiotherapy Framework (DPPF): A Systematic Review of Digital Health Integration in Pediatric Physiotherapy //Children. – 2026. – Т. 13. – №. 4. – С. 541.
  2. Wagino W. et al. Android application for smart diagnosis of children with disabilities and its correlation to neuroscience: Definition, literature review with bibliometric analysis, and experiments //Indonesian Journal of Science and Technology. – 2024. – Т. 9. – №. 2. – С. 497-526.
  3. Xalmuxamedov B. T. Raqamli tibbiyotning tibbiy ta ‘limdagi o ‘rni. – 2024.
  4. Filogna S. et al. Pathways to family-centered healthcare: co-designing AI solutions with families in pediatric rehabilitation //Frontiers in Robotics and AI. – 2025. – Т. 12. – С. 1594529.
  5. Khalid U. B. et al. Impact of AI-powered solutions in rehabilitation process: Recent improvements and future trends //International Journal of General Medicine. – 2024. – С. 943-969.
  6. Bo‘riyev S. D. et al. O ‘zbekiston Tibbiy Ta’limida Raqamli Texnologiyalar Va Sun’iy Intellektni Joriy Etish Tendensiyalari //E-Conference platform. – 2026. – Т. 1. – №. 15-aprel. – С. 120-124.
  7. Xiong Y. et al. Intelligent wearable-enhanced WeChat platform with multidisciplinary tele-rehabilitation reduces caregiver burden and psychological distress in congenital pseudarthrosis of the tibia: a randomized controlled trial //Mhealth. – 2026. – Т. 12. – С. 7.