JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

NOMIQDORIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH MASALALARINI YECHISHDA BELGILAR TURLARIGA RAQAMLI ISHLOVLAR BERISH USULLARI

Axram Nishanov1, Alisher Tursunov2, Alisher Tursunov2, Alisher Tursunov2

1 Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

2 Toshkent farmasevtika instituti .

Abstract

Ushbu maqolada turli xildagi ma’lumotlarni tahlil qilish masalalarida belgilar turlarini almashtirish, belgilarga raqamli ishlovlar berish usullarini ishlab chiqish, ma’lumotlarga ishlov berishning klassik usullaridan hamda taklif qilingan usullar va algoritmlardan foydalangan holda ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlarini yaratish masalalari keltirib o‘tilgan. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlarga ishlov berish usullarini takomillashtirish maqsadida turli xil belgilar fazosida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish masalasi mustaqil muammo sifatida ko‘rib chiqildi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishda o‘quv tanlanmalarini shakllantirishga bo‘lgan yondashuvlar chuqur o‘rganildi. Turli xil ma’lumotlar asosida tadqiqot tanlanmalarini shakllantirish hamda ularni faoliyatda qo‘llash imkonini beruvchi dasturiy vositalar tahlil qilindi. Miqdoriy bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning miqdoriylashtirilishida raqamlashtirish jarayonida miqdoriy bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning gradatsiyalarini mantiqiy matritsaga ega chiziqli operator yordamida miqdoriy belgilar majmuasiga o‘tkazish usuli taklif qilindi.

Views: 85 Published: 2025-08-04 Pages: 1-6 Volume: 3 Issue: 4

References

No references listed for this article.