Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
O‘ZBEK TILI MATNLARINI LOGISTIK REGRESSIYA USULI ASOSIDA SENTIMENT TAHLIL QILISH
1 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
2 Urganch innovatsion university.
Abstract
Sentiment tahlili matnlarning hissiy ohangini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu tadqiqotda Logistik Regressiya (Logistic Regression, LR) usuli yordamida o‘zbek tili matnlarining hissiy ohangi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tili matnlarini ijobiy, salbiy yoki neytral toifalarga ajratish uchun LR modelini qo‘llash va uning samaradorligini baholashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun o‘zbek tili milliy korpusidan olingan matnlar to‘plami ishlatilib, matnlar avval tozalangan va tokenizatsiya qilingan. Modelni o‘qitish jarayonida matnlarning vektorlashtirilgan ko‘rinishini yaratish uchun TF-IDF usuli qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, LR usuli o‘zbek tili matnlarini sentiment tahlil qilishda 77.88% dan yuqori aniqlik va yuqori F1-score ko‘rsatkichlariga erishgan. Modelning samaradorligini oshirish maqsadida turli parametrlar sinovdan o‘tkazilgan hamda matnni oldindan qayta ishlash usullari optimallashtirilgan. Ushbu tadqiqot o‘zbek tili uchun sentiment tahlilining kelajakdagi rivojlanishiga hissa qo‘shadi va LR usulining boshqa tillardagi samaradorligi bilan taqqoslash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada modelning cheklovlari ko‘rsatilib, kelajakda chuqur o‘rganish usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflar berilgan.
References
No references listed for this article.