Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
O‘ZBEK TILIDA IFODALANGAN HUJJATLARNI KALITLI KOMPONENTALAR ASOSIDA UMUMLASHTIRISH
1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali.
2 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilida ifodalangan hujjatlarni kalitli komponentalar asosida avtomatlashtirilgan tahlil qilish va umumlashtirish tizimi taqdim etiladi. Mazkur ARS-Uz (O‘zbek matnlaridan avtomatik hisobot shakllantiruvchi tizim) deb nomlangan tizim katta hajmdagi hujjatlar to‘plamidagi asosiy ma’lumotlarni qo‘lda umumlashtirish jarayonini yengillashtirishga yordam beradi. Tizim hujjat andozalari va fragmentlarini matematik modellashtirish, kalit so‘zlar bazasi yordamida hujjat tarkibini aniqlash va kerakli ma’lumotlarni avtomatik ravishda chiqarib olish imkonini beradi. Maqolada fragmentlarni ajratib olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va hisobotlar tayyorlash uchun algoritmlar hamda tizimning infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Taklif etilgan yechim inson ishtirokini kamaytirish va hujjatlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlashni maqsad qilgan.
References
No references listed for this article.