Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
O‘ZBEK TILIDAGI SHARHLARNING ARIM MODELI ORQLI SENTIMENT REYTINGINI ANIQLASH
1 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Abstract
Foydalanuvchi sharhlari faqat umumiy reytingdan iborat bo‘lmay, balki bir nechta o‘ziga xos jihatlar bo‘yicha batafsil baholashlarni ham o‘z ichiga oladi va tushuntirish matni bilan birga keladi. Umumiy reyting odatda taqrizchining umumiy qoniqish darajasini raqamli ko‘rsatkich sifatida aks ettiradi. Aspektga oid reytinglarni o‘z ichiga olgan sharhlar soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, sharhlarning sezilarli qismi hamon faqat umumiy reytingni o‘z ichiga oladi. Bunday sharhlardan yashirin aspekt darajasidagi fikrlarni avtomatik ravishda ajratib olish foydalanuvchilarga to‘liq matnni o‘qimasdan asosiy nuqtalarni tushunish imkonini beradi. Bu vazifa asosan ikkita kichik vazifani o‘z ichiga oladi: aspektni aniqlash va aspektga oid reytingni bashorat qilish. Ko‘pchilik mavjud tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan aspektlar baholaridan foydalana olmaydi. Ushbu maqolada, biz baholanmagan sharhlar ustidan aspektlar bahosi chiqarish samaradorligini oshirivuchi ikkita sun’iy intellekt modelini ko‘rib chiqamiz. Xususan, biz sentiment so‘zlari va aspektlar baholarini hosil qiluvchi jihat darajasidagi sentiment taqsimotlarini ko‘rib chiqamiz.
References
No references listed for this article.