Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT FOYDALANISHINING TAHLILI
1 Andijon mashinasozlik instituti .
Abstract
Ushbu maqolada pedagogika yo‘nalishi talabalarini baholashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi, samaradorligi va natijalari tahlil qilinadi. An’anaviy baholash tizimlari bilan taqqoslaganda, sun’iy intellekt asosida baholash jarayoni aniqroq va obyektivroq natijalar beradi. Sun’iy intellekt tizimlari baholashning avtomatlashtirilgan jarayonini ta’minlab, o‘qituvchilarga va talabalarga ta’sir ko‘rsatadi, vaqtni tejash va xatoliklarni minimallashtirish imkonini yaratadi. Baholash natijalari aniq va to‘g‘ri bo‘lib, talabalarning yutuqlarini yanada samarali baholashga imkon beradi. Zamonaviy sun’iy intellekt vositalari yordamida avtomatlashtirilgan baholash tizimlari joriy etilishida, ularning amaliy tajribalari va istiqbollari o‘rganiladi. Bu tizimlar talabalarga shaxsiylashtirilgan ta’lim yordamida o‘zlashtirish darajasini aniqlashda samarali ishlashini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asosida baholash jarayonini yanada optimallashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Bu esa o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini yanada samarali va aniq qiladi.
References
No references listed for this article.