Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA YERNI MASOFADAN ZONDLASHNING MASHINALI O‘QITISHDA QO‘LLASH
1 Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti.
2 Toshkent davlat agrar universiteti.
Abstract
Ushbu maqolada yerni masofadan zondlash tasvirlaridan foydalanib, boshoqli don ekinlarini aniqlash va tasniflash metodlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi, Fandom Forest algoritmini qishloq xo‘jaligi ekinlariga tasniflash. Qishloq xo‘jalik ekinlarini yerning masofadan zondlash tasvirlari orqali tahlil qilish uchun Random Forest algoritmi ishlatilib, tasvirlarda o‘quv tanlanmadan foydalanib tasniflaydi, buning uchun kaggle.com platformasidan foydalanildi. Random Forest bir nechta “Decision Tree”lardan iborat bo‘ladi, so‘ngra har bir “Decision Tree”dan chiqqan natijaga qarab qaysi biri ko‘proq ovoz olsa, o‘sha natija sifatida qaraladi. Ma’lumotlar to‘plamida 100 ta xususiyat bo‘ladi, bu xususiyatlar ildiz tuguni bo‘lishini Jini indeksidan foydalaniladi. Jini indeks jadvalida to‘g‘ri bo‘linish uchun "xa" yoki "yo‘q" qaror qabul qilinadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Jini indeksi asosida obyektlar tasniflandi.
References
No references listed for this article.