JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

RAQAMLI VA YASHIL IQTISODIYOT: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Dilshod Mirzayev1, Mehriddin Nabixonov1

1 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy iqtisodiyot modeliga o‘tish jarayonida ikki muhim ustuvor yo‘nalish — yashil iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, huquqiy asoslari, amaliy tajribalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Avvalo, “Yashil o‘sish strategiyasi” va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” kabi strategik hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va maqsadli ko‘rsatkichlar yoritiladi. Nur Navoi quyosh elektr stansiyasi, Zarafshon shamol elektr stansiyasi kabi yirik investitsion loyihalar, shuningdek, IT xizmatlari eksporti, elektron davlat xizmatlari, raqamli to‘lov tizimlari kabi yo‘nalishlar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining ekologik va texnologik transformatsiyasi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola davomida statistik ma’lumotlar, hukumat qarorlari, ilmiy adabiyotlar va xalqaro tajribalarga asoslangan holda tahliliy yondashuv qo‘llanilgan. Natijada, raqamli va yashil iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq, zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismlari sifatida talqin etiladi.

Views: 80 Published: 2025-08-09 Pages: 67-74 Volume: 3 Issue: 4

References

No references listed for this article.