JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

SARATON KASALLIKLARINI ERTA ANIQLASHNING MUHIMLIGI VA ZAMONAVAIY TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN USUL VA ALGORITMLARI

Akhram Nishanov1, Raxmatilla Mamajanov2, Sherali Xaydarov3, Farxod Mengturayev2

1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

2 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti .

3 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.

Abstract

Saraton kasalliklari jahon bo‘ylab millionlab insonlarning hayotiga tahdid soluvchi eng jiddiy muammolardan biridir. Ularni erta bosqichda aniqlash hayotiy muhim bo‘lib, davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar tibbiyotda yangi imkoniyatlar yaratib, kasallikni erta bosqichda aniqlashda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda saraton kasalliklarini erta aniqlashning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalarning bu boradagi o‘rni va algoritmlar yordamida diagnostika samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Saraton kasalliklarini erta aniqlashning muhimligi jahonda ushbu kasallikka chalingan insonlarning kundan kunga oshib borish tendensiyalari, kasallik turlarini keskin ko‘payishi, kasallikni aniqlash protseduralarining qiyinlashib borishi va hokazo sabablar kesimida nazariy va amaliy chuqur o‘rganilayotganligi bilan asoslanadi. Shuningdek, tadqiqot natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, insonning kasallik belgilari, yaʼni genetik, ekologik, turmush tarzi, biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, xavfli odat va sharoit kabi omillariga bog‘likligi bilan asoslangan. Yurtimizga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ushbu kasallikni texnik jihozlar va aloqa vositalari yordamida tez va aniq tashhislash imkonini berganligi asoslandi. Saraton kasalliklarining zamonaviy texnologiyalariga asoslangan erta aniqlashda tasviriy diagnostika, biomarkerlar yordamida tahlil va genetik tahlil usullari ishlab chiqildi. Har bir usullar kesimida sun‘iy intellekt va chuqur o‘qitish, prediktiv modellar, tasvirni segmentatsiyalash kabi algoritmlar taklif etildi.

Views: 195 Published: 2025-02-18 Pages: 110-117 Volume: 3 Issue: 1

References

No references listed for this article.