JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

SHAHAR INFRATUZILMASIDA TIRBANDLIK MUAMMOSINI MA’LUMOTLAR BAZASI ASOSIDA FRAKTAL MODELLASHTIRISH

Shahzoda Anarova1, Soliha Qarshiyeva1, Maftuna Ismoilova1

1 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Abstract

Ushbu maqolada shahar infratuzilmasida tirbandlik muammolarini hal qilish uchun fraktal modellashtirishning katta ma’lumotlar va ma’lumotlar bazasi texnologiyalari bilan integratsiyasi yoritiladi. Tirbandlik transport tizimlarining murakkabligi va shahar infratuzilmasining noaniq dinamikasi tufayli global muammoga aylangan. Fraktal modellar shahar transport tarmoqlarining murakkab tuzilmalari va ulardagi o‘z-o‘zini takrorlash xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Maqolada katta ma’lumotlar texnologiyalari yordamida transport oqimlari va yo‘l harakati haqidagi real vaqtli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va bashorat qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar bazalari, xususan, NoSQL va SQL tizimlari, fraktal modellarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish vositasi sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va transport tizimlarini avtomatlashtirishda ushbu texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Natijada maqolada shahar transport tizimini optimallashtirish, tirbandlikni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif etiladi. Ushbu yondashuv shaharsozlik sohasidagi muammolarni texnologik va ilmiy nuqtai nazardan hal qilish uchun katta salohiyatga ega.

Views: 78 Published: 2024-12-23 Pages: 64-69 Volume: 2 Issue: 6

References

No references listed for this article.