Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
SHO‘RTAN NEFT VA GAZ QAZIB CHIQARISH BOSHQARMASI SIQUVCHI KOMPRESSOR STANSIYASIDA AYLANMA SUV TA’MINOTI TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
1 Abu Rayhon Beruniy Universiteti, Qarshi Kampusi
2 Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi
Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.21846315
Keywords
Abstract
Maqolada Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi qo‘shimcha siquvchi (dozimli, rus. «дожимная») kompressor stansiyasida (DKS) texnologik jarayonlarni sovutish uchun sarflanadigan suvni tejash maqsadida aylanma (oborotli) suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Qatlam bosimining pasayishi sharoitida DKS ish rejimi, gaz va moyni sovutish tugunlarida suv iste’moli tahlil qilingan. Aylanma suv ta’minotining suv balansi tenglamasi keltirilib, bug‘lanish, tomchi uchishi va tozalash (produvka) yo‘qotishlarini hisoblash metodikasi taqdim etilgan. Nazariy hisob-kitob asosida to‘g‘ri oqimli tizimga nisbatan chuchuk suv sarfini 95–98% gacha kamaytirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Suv havzalarini muhofaza qilish nuqtai nazaridan yopiq (chiqindisiz) aylanma sxemaning ekologik afzalliklari asoslangan.
References
- Промышленное водоснабжение: системы оборотного водоснабжения на промышленных предприятиях. Электронный ресурс: flamax.ru/pressroom/articles.
- ShNQ (КМК) 2.04.02-97. Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Davarxitequrilish, 1997.
- Кучеренко Д.И., Гладков В.А. Оборотное водоснабжение (системы водяного охлаждения). – М.: Стройиздат, 1980. - 168 с.
- Абрамов Н.Н. Водоснабжение: учебник для вузов. – М.: Стройиздат, 1982. - 440 с.
- Дожимная компрессорная станция (ДКС): назначение и технологическая схема. – neftegaz.ru, Техническая библиотека. – Электронный ресурс.
- СП 31.13330.2021. Водоснабжение. Наружные сети и сооружения. Актуализированная редакция СНиП 2.04.02-84*. - М.: Минстрой России, 2021.