JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

SUN’IY INTELLEKTNING ONTOLOGIK ASOSLARI VA BILIMLARNI IFODALASH MODELLARI

Ulug'bek Bekmurodov1, Elyor Egamberdiyev1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Mazkur maqolada sun’iy intellektning ontologik asoslari va bilimlarni ifodalash modellari tahlil qilingan. Ontologiyalar sun’iy intellekt tizimlarida bilimlarni strukturaviy tasvirlash va mantiqiy tahlil qilish uchun asosiy vosita sifatida qaraladi. Maqolada ontologiyalarni yaratish prinsiplari, ularning semantik muammolarni hal qilishdagi roli, shuningdek, bilimlarni ifodalashning turli matematik va mantiqiy modellari ko’rib chiqilgan. Bilimlarni ifodalash modellariga semantik tarmoqlar, qoidalar tizimi va formal mantiq kabi yondashuvlar kiritilib, ularning muammolarni hal qilishdagi afzalliklari va cheklovlari tahlil etilgan. Ontologiyalar sun’iy intellekt tizimlariga kontekstual tushunish va ma’lumotlar o’rtasida mantiqiy aloqalarni o’rnatish imkonini beradi. Maqolada ontologiyalarni sun’iy intellekt sohasidagi amaliyotlarda, jumladan bilimlar bazasini shakllantirish, inferensiya jarayonlarini avtomatlashtirish va qaror qabul qilish tizimlarini taglil qilingan.

Views: 84 Published: 2024-10-28 Pages: 217-224 Volume: 2 Issue: 5

References

No references listed for this article.