JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

SURUNKALI KASALLIKLARNI MASOFADAN MONITORING QILUVCHI DASTURIY ILOVA ISHLAB CHIQISH

Rashid Nasimov1, Yuldashev Sh.M.1

1 Tоshkent davlat iqtisоdiyоt universiteti

Abstract

So‘nggi o‘n yil ichida bemorlarning sog‘lig‘ini masofadan nazorat qilish tizimlariga katta e’tibor berildi. Keksayib qolgan aholi sonining ko‘payishi va tibbiy yordamning yuqori narxi bemorlarning ahvolini masofadan nazorat qilishni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Maqolaning maqsadi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning sog‘lig‘ini masofadan turib kuzatish uchun smartfon dasturiy ilovasini ishlab chiqish jarayoniga bag‘ishlanadi. Tavsiya etilgan tizim uch xil turdagi diabet 2-tur, aretrial gipertoniya va yurak qon tomir kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida mutaxassisga yoki shifokorga tashvishli xabarlarni va monitoring tizimiga hisobotlarni yuborishi mumkin. Ushbu hisobotlar davolovchi shifokor tomonidan istalgan vaqtda dunyoning istalgan nuqtasidan kerakli tavsiyalar berish uchun ishlatilishi mumkin.

Views: 81 Published: 2023-04-28 Pages: 76-81 Volume: 1 Issue: 1

References

No references listed for this article.