Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
TAVSIYA ETISH TIZIMLARINING UMUMIY TAHLILI
1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .
2 Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi.
Abstract
Hozirda bir qancha axborot tizimlarida sun’iy intelektga asoslangan tavsiya etish tizimlari obyektlarni tavsiya etishda samarali qo‘llanilmoqda. Tavsiya etish tizimlari yordamida axborot tizimlarida ham foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini aniqlash va unga mos manbalarni tavsiya etish orqali yuqori samaradorlilikka erishish mumkin. Buning uchun foydalanuvchilarining yoshi, qiziqishlari, muayyan yo‘nalishdagi bilim darajasi, oldingi so‘rovlari, kasbi va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni tahlil etish orqali ularning axborot ehtiyojlari aniqlanishi kerak. Ushbu maqolada tavsiya etish tizimlarining bajaradigan vazifalariga ko‘ra tasniflanishi keltirib o‘tiladi. Shuningdek maqolada tavsiya etish tizimlarining hamkorlik asosida tavsiya, kontent asosida tavsiya etish, gibrid usul asosida tavsiya etish turlari qiyosiy tahlil qilinadi, afzalliklari va kamchiliklari keltirib o‘tiladi. Tavsiya etish tizimlariga qo‘llaniladigan Pirsonning korrelyatsiya usuli, kosinusga asoslangan usullar, klasterlash usullari, neyron tarmoqlar, qarorlar daraxti, regressiyalash usullari, TF/IDF (Term Frequency/Inverse Document Frequency) modellari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
References
No references listed for this article.