Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
TIBBIY TASVIRLAR ASOSIDA TERI KASALLIKLARINI SAMARALI TASNIFLASH USULLARI
1 Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti .
Abstract
Teri kasalliklari har yili millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Teri kasalliklarini erta aniqlash, to‘g‘ri va aniq tashxislash kasallikni oldini olishda juda muhim sanaladi. Bugungi kunda teri kasalliklarini erta aniqlash uchun ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Teri kasalliklarini erta bosqichlarda tasniflash uchun kompyuter yordamida avtomatik aniqlash texnikasidan foydalangan holda, olimlar tomonidan bir qancha yechimlar taklif qilinmoqda. Ushbu maqolada an’anaviy mashinani o‘qitish (ML) va chuqur o‘qitish (DL) usullariga asoslangan ba’zi teri kasalliklarini aniqlashning turli usullari o‘rganib chiqildi. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida ushbu usullar uchun tadqiqotlar bo‘shlig‘i umumlashtirildi. Tadqiqot davomida kuzatilgan asosiy muammolar teri tasvirini olish, olingan tasvirlarga oldindan qayta ishlov berish muammosi, ma’lumotlar muvozanati muammosi, xususiyatlarni ajratib olish usullarining xilma-xilligi, klassifikator parametrlarini optimallashtirish, tasvir segmentatsiyasi va tasniflashning umumiy texnikasi kabilardan iborat. Umumiy qilib aytganda, ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi teri kasalliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan mavjud usullarni o‘rganish. Shuningdek tadqiqotchilarga yaxshiroq yechimlarni topishga yordam beradigan ML va DL modellarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, tasniflashdagi mavjud qiyinchiliklarni va so‘nggi yutuqlarni topish hisoblanadi.
References
No references listed for this article.