Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
TIBBIYOT SOHASI AXBOROT TIZIMLARIDA OʻXSHASH TASHXISLARNI TOPISH UCHUN BAHOLARNI HISOBLASH ALGORITMINI QOʻLLASH USULI
1 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
2 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali.
Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot sohasi axborot tizimlari ma’lumotlar bazasi asosida ma’lumotlarni intellektual tahlili masalalaridan biri boʻlgan ranjirlash masalasini yechish qarab chiqilgan. Ranjirlash masalasini umumiy holda matematik qoʻyilishi keltirib oʻtilgan va yechish uchun mavjud boʻlgan RankBoost, RankSVM, IR-SVM algoritmlari tahlil qilingan hamda qaysi sohalarda qoʻllanilishi aytib oʻtilgan. Shu bilan bir qatorda evristik usullardan hisoblangan neyron toʻrining toʻgʻri taqsimlangan neyron toʻri modelini qoʻllab, ranjirlash masalasini yechishni ustun va kamchilik jihatlari keltirib oʻtilgan. Undan tashqari klassifikasiya(tasniflash) masalasini yechish uchun ishlab chiqilgan olti bosqichli baholarni hisoblash algoritmini dastlabki uchta bosqichidan foydalangan holda ranjirlash masalasini yechish orqali oʻxshash tashxislarni topishda qoʻllanilgan va natijalar olingan. Olingan natijalar tibbiyot sohasi axborot tizimi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari asosida tekshirilgan va algoritm ishonchliligi solishtrilgan. Baholarni hisoblash algoritmini ranjirlash masalasini yechish uchun moslashtrilgan variantini blok sxemasi keltirib oʻtilgan.
References
No references listed for this article.