JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

TIBBIYOTDA ENDOKRIN KASALLIKLARI PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA MASHINALI O‘QITISHGA ASOSLANGAN YONDASHUV

Axram Nishanov1, Farxod Mengturayev2, Uktamjon Allayarov3, Sherali Xaydarov2

1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti .

2 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti .

3 Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termez filiali, ichki kasalliklar propedevtikasi.

Abstract

Maqolada tibbiyotda endokrin kasalliklari profilaktikasini amalga oshirishda mashinali o‘qitishga asoslangan yondashuvlar to‘liq ochib berilgan. Ma’lumotlarni yig’ish, maqsadni aniqlab olish, dastlab endokrin kasalliklarini profilaktika bosqichlarini mashinali o‘qishga moslashtirish yondashuvi ishlab chiqildi. Ma’lumotlarga ishlov berishning ananaviy va mashinali o‘qitish usul va algoritmlariga dastlabki ishlov berish, ma’loumotlarga ishlov berishning ananaviy va mashinali o‘qitish usul va algoritmlari tahlil qilindi. Mashinali o‘qitish algoritmlari orqali katta hajmdagi tibbiy ma’lumotlar tahlil qilinib, xavf omillari aniqlanadi va kasalliklarning erta bosqichlarini bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. Ushbu texnologiyalar tibbiy diagnostika jarayonini optimallashtirish, bemorlar uchun individual profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish usullari asosida ishlab chiqilgan innovatsion profilaktika dasturlarining afzalliklari va qo‘llanilish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, bunday tizimlarni amaliyotga joriy etishning muammolari va cheklovlari ham tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mashinali o‘qitish tibbiyotda, xususan, endokrin kasalliklar profilaktikasida samarali vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

Views: 75 Published: 2025-02-18 Pages: 100-109 Volume: 3 Issue: 1

References

No references listed for this article.