Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
TIZIMLI TAHLIL VA UNING AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAGI AHAMIYATI
1 M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti .
Abstract
Bugungi kunda tizimlarni tahlil qilishning dolzarbligidan biri global raqamli transformatsiya hisoblanib, bu davlat idoralari, xususiy sektor va butun dunyo iqtisodiyoti zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalanar ekan, tizimlarni chuqur tushunish va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida tizimli tahlil metodlaridan foydalanish tashkilot va tadqiqot institutlariga o‘z faoliyatini optimallashtirish, resurslarni tejash, xatolarni kamaytirish, eng muhimi, bozor va ilmiy talablar asosida innovatsion loyihalarni joriy etishga yordam beradi. Ushbu maqolada tizimlarni tahlil qilishning ilmiy ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilishiga oid keng qamrovli ma’lumot beriladi. Shuningdek, real ilmiy natijalar keltirib, tizimlarni tahlil qiluvchi dasturiy ta’minot yaratish jarayoni hamda biznes jarayonlarni tashkil etish va boshqarishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Hamda axborotning nazariy va amaliy jihatlarini, uning oqimi va strukturasini tahlil qilish orqali tizim samaradorligini oshirishdagi muhim roli yoritadi.
References
No references listed for this article.