JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

TO‘LQIN TARQALISH JARAYONINI SIGNAL PROTSESSORLARI ASOSIDA RAQAMLI ISHLOV BERISHNING IMKONIYATLARI

Bekzod Tuychiyev1

1 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali .

Abstract

Raqamli signal protsessorlari yordamida to‘lqin tarqalish jarayonlarini tahlil qilish va ularga ishlov berishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv zamonaviy texnologiyalarda signallarni aniqlash, filtrlash va optimallashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada raqamli signal protsessorlari (DSP) vositalarining tuzilishi, ularning samaradorligi va real vaqt tizimlaridagi o‘rni batafsil yoritiladi. DSP yordamida amalga oshiriladigan asosiy texnikalar, jumladan Fourier transformatsiyasi, spektral tahlil, konvolyutsiya va filtrlarni sozlash usullari keng muhokama qilinadi. Mazkur maqolada raqamli signal protsessorlari yordamida to‘lqin tarqalish jarayonlarini tahlil qilish va ularga ishlov berishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv zamonaviy texnologiyalarda signallarni aniqlash, filtrlash va optimallashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada raqamli signal protsessorlari (DSP) vositalarining tuzilishi, ularning samaradorligi va real vaqt tizimlaridagi o‘rni batafsil yoritiladi. DSP yordamida amalga oshiriladigan asosiy texnikalar, jumladan Fourier transformatsiyasi, spektral tahlil, konvolyutsiya va filtrlarni sozlash usullari keng muhokama qilinadi. Tadqiqotning muhim qismi telekommunikatsiya, radiolokatsiya va tibbiyot kabi sohalarda raqamli signallarni qayta ishlash texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu sohalarda DSP texnologiyalari ma’lumotni shovqinlardan tozalash, chastota spektrini samarali tahlil qilish va yuqori aniqlikdagi signallarni uzatishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, DSP asosida ishlov berish tizimlarining cheklovlari va yechimlari, jumladan energiya samaradorligi va real vaqt ishlashni optimallashtirish muammolari tahlil qilingan.

Views: 94 Published: 2024-12-20 Pages: 24-27 Volume: 2 Issue: 6

References

No references listed for this article.