JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

VIRTUAL REALLIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANIB E-AVTOMAKTAB TIZIMI UCHUN 3D MODELLARNI MODELLASHTIRISH

Ulug‘bek Giyosov1, Faxriddin Nuraliyev2, Faxriddin Nuraliyev2

1 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali.

2 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

Abstract

Ushbu maqola, virtual texnologiyalar va 3D modellashtirishning e-avtomaktab tizimida qo‘llanishini tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi-avtomobil boshqarish jarayonini o‘rganishda yangi, innovatsion yondashuvni yaratish bo‘lib, bunda virtual haqiqat (VR) texnologiyalari va 3D modellashtirishning integratsiyasi orqali o‘quvchilarga xavfsiz muhitda avtomobilni boshqarish imkoniyati yaratildi. Unreal Engine va 3D Max dasturlari yordamida ishlab chiqilgan modellar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga yordam berdi. Tadqiqot davomida olingan natijalar, 3D modellashtirish va VR texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi samaradorligini isbotladi. Tizim yordamida o‘quvchilar interaktiv tarzda avtomobil boshqarishni o‘rganishdi, bu esa ta’limni yanada samarali va qiziqarli qilishga xizmat qildi. Biroq, tizimni yanada takomillashtirish uchun texnik resurslar va foydalanuvchi interfeysini optimallashtirish zarurati mavjud. Kelajakda, ushbu tizimni kengaytirish va yangi interaktiv elementlar qo‘shish orqali ta’lim samaradorligini yanada oshirish mumkin. Maqola, virtual va 3D modellashtirish texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlarini ko‘rsatib, avtomobil boshqarish bo‘yicha samarali o‘quv muhitini yaratishda ularning qo‘llanilishini yanada kengaytirishni taklif qiladi.

Views: 63 Published: 2024-10-28 Pages: 63-68 Volume: 2 Issue: 5

References

No references listed for this article.