Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt
VIZUALLASHTIRISH TIZIMLARIDA YOMG‘IR VA QOR MUAMMOLARINI TASVIRGA DASTLABGI ISHLOV BERISH YORDAMIDA BARTARAF ETISH
1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Abstract
Mazkur maqolaning mazmuni yomg‘ir-qorli ob-havo sharoitida olingan rangli tasvirlarda yomg‘ir chiziqlarini tozalashdir, bu muammo tasvirni qayta ishlash algoritmidan foydalangan holda bartaraf etiladi. Amaldagi algoritm yomg‘irdan kelib chiqqan tasvir nuqsonlarini qayta ishlaydi. Yomg‘ir paytida olingan tasvirni 1) past chastotali qismga bo‘lish mumkin, ya’ni yomg‘ir va qor chiziqlari bo‘lmagan tasvir 2) tasvirda ba’zi yoki bir nechta tafsilotlarni ham o‘z ichiga olgan yuqori chastotali qism. Yomg‘irdan kelib chiqqan nuqsonlarni L0 gradientini minimallashtirish texnikasi deb nomlangan usul yordamida tozalash mumkin. Ushbu usulning asosiy roli yomg‘ir piksellarini olib tashlash orqali yomg‘irli tasvirdagi yomg‘ir chiziqlarini tekislashdir. Yomon ob-havo sharoitida olingan tasvirlarni qayta ishlashda qor va yomg‘ir ikkita asosiy muammo hisoblanadi. Ushbu uslub tasvirda mavjud bo‘lgan nolga teng bo‘lmagan gradient sonini boshqarishi mumkin. Yomg‘ir chiziqlarining qirralari saqlanib qoladi va nuqsonlar kamayadi. Yaxshilangan kontrastli tasvirni olish uchun gistogrammani sozlash texnikasi deb nomlangan usul qo‘llaniladi.
References
No references listed for this article.