JBT Journal
Advanced

Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt

WAVELET-TRANSFORMATSIYA HH QUYI-TASMASINING KOEFFITSIENTLAR STATISTIKASI ASOSIDA TASVIRDAGI SHOVQIN DARAJASINI ETALONSIZ ANIQLASH MEZONI

Sultanov Djamshid Baxodirovich1, Qodirov Raximjon Rasuljon o‘g‘li1

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU

Zenodo DOI: 10.5281/zenodo.23885056

Keywords

MAD baholovchisi wavelet-transformatsiya shovqinni bartaraf etish shovqin darajasi etalonsiz baholash Haar wavelet. raqamli tasvirga ishlov berish

Abstract

Maqolada raqamli tasvirdagi additiv shovqin darajasini etalon tasvirsiz baholash masalasi ko’rib chiqiladi. Mavjud shovqinni bartaraf etish usullarining aksariyati (BM3D, wavelet-chegaralash, FFDNet kabi) samarali ishlashi uchun shovqin darajasi parametri σ ni oldindan bilishni talab qiladi, biroq real sharoitlarda etalon tasvir mavjud emas. Ushbu ishda vaqt-chastota (wavelet) tahliliga asoslangan, bir bosqichli Haar diskret wavelet transformatsiyasining yuqori-chastotali HH quyi-tasmasi koeffitsientlari medianasiga tayanuvchi klassik Donoho-Johnstone MAD (Median Absolute Deviation - medianadan mutlaq og'ish) baholovchisi qo’llaniladi va uning amaliy aniqligi standart test-tasvirlarda tajribaviy tekshiriladi. Sakkizta xilma-xil standart test-tasvirda (Cameraman, Coins, Moon, Page, Checkerboard, Astronaut, Brick, Grass), beshta shovqin darajasida (σ = 10, 15, 25, 30, 50), har birida 20 mustaqil realizatsiya bo’yicha o’tkazilgan tajriba shuni ko’rsatadiki, baholash xatoligi shovqin darajasi oshgani sayin monoton kamayadi (σ = 10 da o’rtacha 15,3%, σ = 50 da 1,3%) va tasvir tarkibidagi tekstura zichligiga kuchli bog’liq (toza tasvirning bazaviy HH-MAD darajasi bilan xatolik o’rtasida Pirson korrelyatsiyasi r = 0,97). Aniqlangan bog’liqlik mezonning ishonchlilik chegaralarini belgilaydi va uni tasvir turini aniqlovchi qo’shimcha mezonlar bilan boyitish zarurligini asoslaydi.

Views: 75 Published: 2026-10-28 Pages: 60-67 Volume: 4 Issue: 5-Special-Issues

References

  1. Pimpalkhute V.A., Page R., Kothari A., Bhurchandi K.M., Kamble V.M. Digital Image Noise Estimation Using DWT Coefficients // IEEE Transactions on Image Processing. — 2021. — Vol. 30. — P. 1962–1972.
  2. Muhamediyeva D.T., Mamatov N.S., Ametova G. Using quantum computing for image processing and inversion // AIP Conference Proceedings. — 2025. — Vol. 3377, Art. 060010.
  3. Mittal A., Moorthy A.K., Bovik A.C. No-Reference Image Quality Assessment in the Spatial Domain (BRISQUE) // IEEE Transactions on Image Processing. — 2012.
  4. Bharati S., Khan T.Z., Podder P. A Comparative Analysis of Image Denoising Problem: Noise Models, Denoising Filters and Applications // Cognitive Internet of Medical Things for Smart Healthcare (Studies in Systems, Decision and Control, vol. 311). — Springer, Cham, 2021. — P. 49–66.
  5. Mamatov N.S., Erejepov K.K., Narzullayev I.S., Jalelova M.M. Yuz tasvirlarini segmentlashning an'anaviy va mashinali o'qitish usullari // Raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali. — 2024. — T. 7, №1. — B. 24–30.
  6. Liu P., Zhang H., Zhang K., Lin L., Zuo W. Multi-level Wavelet-CNN for Image Restoration // arXiv:1805.07071. — 2018.
  7. Narzullayev H. Tasvirlarga raqamli ishlov berish // Talqin va tadqiqotlar. — 2023. — T. 1, №25.
  8. Dabov K., Foi A., Katkovnik V., Egiazarian K. Image Denoising by Sparse 3-D Transform-Domain Collaborative Filtering // IEEE Transactions on Image Processing. — 2007.
  9. Zhang K., Zuo W., Zhang L. FFDNet: Toward a Fast and Flexible Solution for CNN-Based Image Denoising // IEEE Transactions on Image Processing. — 2018.
  10. Donoho D.L., Johnstone I.M. Ideal spatial adaptation by wavelet shrinkage // Biometrika. — 1994.
  11. Norboyeva N. Tasvirlarni intellektuallashtirishda filtrlash jarayoni va baholash algoritmlari // Green Economy and Development. — 2024. — T. 2, №11.